Nima uchun chet mamlakatlarga viza olishda “yordamchilar” (помогайка) xizmatlarini aylanib o‘tish kerak?


Nima uchun chet mamlakatlarga viza olishda “yordamchilar” (помогайка) xizmatlarini aylanib o‘tish kerak?

AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada yoki Shengen zonasiga viza rasmiylashtirish — har doim murakkab va stressli jarayon. Ko‘plab hamyurtlarimiz elchixonalardagi navbatlar, murakkab anketalar va hujjatlar to‘plashdan qochish uchun internetdagi turli “yordamchilar” (помогайка) yoki viza markazlariga murojaat qilishadi.

Biroq, arzon va tez xizmat va’da qiladigan bunday “mutaxassislar”ga ishonish nafaqat vizadan butunlay mahrum bo‘lishga (ban olishga), balki shaxsiy xavfsizligingizni butunlay yo‘qotishingizga olib kelishi mumkin. Nima uchun viza masalalarida ularni aylanib o‘tish shart? Quyida eng jiddiy sabablarni tahlil qilamiz.


1. Eng katta xavf: shaxsiy ma’lumotlar va ERI (ЭЦП) kalitining o‘g‘irlanishi

“Yordamchilar” sizga anketani to‘ldirib berish yoki soliq idoralaridan ma’lumotnoma olib berish bahonasi bilan sizdan pasport nusxangizni, shaxsiy ma’lumotlaringizni va eng daxshatlisi — rlektron raqamli imzo (ERI / ЭЦП) kalitingizni so‘rashadi.

⚠️ ERI (ЭЦП) nima ekanligini unutmang! Elektron raqamli imzo — bu qonuniy jihatdan sizning shaxsiy qo‘l qo‘ygan imzoingiz bilan bir xil kuchga ega raqamli vositadir.

Sizning ERI kalitingiz jinoiy guruhlar yoki insofsiz vositachilar qo‘liga tushsa, ular sizning xabaringizsiz quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • Sizning nomingizga onlayn-mikrokreditlar va yirik qarzlar rasmiylashtirish.
  • Sizni soliq firgarliklarida (“obnal” sxemalarida) foydalaniladigan shubhali firmaning ta’sischisi yoki direktori qilib ro‘yxatdan o‘tkazish.
  • Sizga tegishli bo‘lgan mol-mulk, avtomobil yoki ulushlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish bo‘yicha soxta shartnomalar imzolash.

“Yordamchilar” sizga viza olib berolmasa, shunchaki telefon raqamini o‘chirib, g‘oyib bo‘ladi. Ammo ularga topshirilgan ERI kaliti va pasport ma’lumotlari orqali orttirilgan muammolar va sudma-sud chopishlar yillab sizni ta’qib qiladi.


2. Soxta hujjatlar va umrbod vizadan mahrum bo‘lish (ban)

Vositachilar ko‘pincha sizning viza olish imkoniyatingizni oshirish uchun sizga “yordam” taklif qilishadi: soxta bank ko‘chirmalari, soxta ish joyidan ma’lumotnomalar yoki soxta mehmonxona bandlari (bron) tayyorlab berishadi.

  • Elchixonalarning nazorati: AQSh, Yevropa va Buyuk Britaniya konsulliklari O‘zbekistondagi banklar va davlat idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshiruv tizimlariga ega.
  • Oqibati: agar elchixona taqdim etilgan hujjatlar soxta (falsified) ekanligini aniqlasa, siz nafaqat viza ololmaysiz, balki “hujjatlarni qalbakilashtirish” (misrepresentation) moddasi bilan ushbu davlatga umrbod yoki 10 yilga kirish taqiqi (ban) olasiz. Buni keyinchalik bekor qilish sizga o‘nlab ming dollar xarajatga tushadi.

3. Oddiy “anketa to‘ldiruvchilar”ning huquqiy javobgarligi yo‘qligi

“Yordamchilar” siz bilan hech qanday rasmiy shartnoma tuzmaydi. Ular xizmat haqini ko‘pincha naqd pulda yoki shaxsiy karta orqali qabul qilishadi.

Agar anketada bitta harfda xato qilinishi tufayli viza rad etilsa (otkaz), siz ularga hech qanday qonuniy da’vo qila olmaysiz. Ular mijoz oldida na moliyaviy, na professional javobgarlikni bo‘yinlariga olishadi.


💡 Xavfsiz yechim: viza jarayonini qonuniy va xavfsiz rasmiylashtirish

Sizning shaxsiy daxlsizligingiz, pulingiz va kelajakdagi sayohatlaringiz xavf ostida qolmasligi uchun viza masalalarini faqat rasmiy yuridik firmalarga ishonishingiz shart.

International Law Consultants yuridik firmasi viza va migratsiya masalalarida mutloq boshqacha, professional yondashuvni taklif etadi:

  1. To‘liq qonuniylik va reyestr: biz Adliya vazirligining “yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlari rasmiy reyestri”ga kiritilganmiz. Har bir mijoz bilan rasmiy shartnoma (SLA) tuziladi.
  2. Ma’lumotlar daxlsizligi (NDA): sizning pasport ma’lumotlaringiz va shaxsiy hujjatlaringiz maxfiyligi shartnoma bilan 100% himoya qilinadi. Biz hech qachon sizning ERI (ЭЦП) kalitingizni uchinchi shaxslarga bermaymiz, barcha jarayonlarni shaxsan yuristlarimiz nazorati ostida amalga oshiramiz.
  3. Haqiqiy huquqiy audit: biz soxta hujjatlar tayyorlamaymiz. Biz sizning mavjud viza tarixingiz, moliyaviy holatingiz va ishingizni elchixona talablariga moslab, eng to‘g‘ri va kuchli strategiyani ishlab chiqamiz.

Viza olish — bu shunchaki qog‘oz to‘ldirish emas, bu jiddiy huquqiy jarayondir. O‘z xavfsizligingizni xavf ostiga qo‘ymang, ishni professionallarga ishoning!


🌐 Biz bilan bog‘lanish:

  • Telefon / Telegram: +998 88 696 22 33, +998 33 513 22 33
  • Manzil: Toshkent sh., Yangihayot tumani, Sofdil ko‘chasi, 40. “Tashkent INDEX” SK, D2 korpus, 2135-ofis
  • Rasмий veb-saytlar: www.emigration.uz / www.internationallawconsultants.uz

Bogʻliq mavzular