EMIGRATION.UZ loyihasiga International Law Consultants MChJ tomonidan asos solingan boʻlib, ushbu yosh, biroq tez sur’atlarda rivojlanayotgan yuridik firma tarkibida 5 nafar malakali yuridik maslahatchi, tarjimalar byurosi va tashqi aloqalar boʻlimi mavjud. Shuningdek, yuridik firmamiz bir nechta advokatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan bo‘lib, sudlarda jinoiy, iqtisodiy, ma’muriy va fuqarolik ishlari boʻyicha vakillik qilish zarurati tugʻilganda, ishlarga ularni ham jalb qiladi.
Yuristlarimiz va advokatlarimiz
Kojaxmetov Saken Sovetbekovich – yuridik maslahatchi

Zaxiradagi polkovnik Kojaxmetov Saken Sovetbekovich. 1965 – yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997 – yilda Toshkent Davlat yuridik institutini huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqach, 2018-2020 – yillarda «NORMA» mas’uliyati cheklangan jamiyatida yetakchi ekspert va bosh konsultant, 2020-2021 – yillarda «OHANGARONSEMENT» MChJda bosh huquqiy maslahatchi, 2022-2024 yillarda, «ATM PARTNERS», «AKELA GROUP MACHINERY», «Q4TULPAR» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida huquqiy maslahatchi boʻlib ishlagan. Saken Sovetbekovich 2025-yilning may oyidan buyon «International Law Consultants» MChJ yuridik firmasida yuridik maslahatchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Djabbarbergenov Amir Temurbaevich – yuridik maslahatchi
Amir Djabbarbergenov 1996-yilda Qoraqolpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini yurisprudensiya (xalqaro huquq) yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2019-2023-yillarda «LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY» MChJ XKda huquqiy maslahatchi, yetakchi huquqiy maslahatchi, bosh huquqiy maslahatchi lavozimlarida ishlagan. 2023-yildan 2025-yilgacha «LAGAL ASPECT CENTRAL ASIA» MChJda yetakchi huquqshunos lavozimida ishlagan. 2025-yilning may oyidan buyon Amir Djabbarbergenov «International Law Consultants» MChJ yuridik firmasida yuridik maslahatchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Batirov Jamol Najmiddinovich – yuridik maslahatchi

Jamol Batirov 1984-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. 2001-2006-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha taʻlim olgan. 2024-yilda Qozog‘istondagi Tashenev universitetini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2024-yildan buyon Toshkent xalqaro Vestmister universitetining xalqaro tijoriy huquq yoʻnalishi boʻyicha magistranti (LLM). 2010-2021 yillarda «NAYMAN HOLDING» MChJda direktor lavozimida, 2021-2025-yillarda «SAMPLASTSERVIS» MChJda huqiqiy maslahatchi lavozimida, 2021-2024-yillarda «SAMTECHNOCONSTRUCT» MChJda direktor lavozimida, 2024-2025-yillarda «SAMARQAND POLIMER» MChJda yurist lavozimida ishlagan. 2024-yilning avgust oyidan buyon «International Law Consultants» MChJ yuridik firmasida direktor hamda yuridik maslahatchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Qarshiyev Umid Joʻraqul Oʻgʻli – advokat

Umid Qarshiyev – advokat. Litsenziyaviy faoliyat turlari – ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish. Litsenziya raqami L-70665421.
Umid Qarshiyev 1999-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2022-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini huquqshunos yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasini tamomlagan. 2024-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetining tayanch doktoranturasi doktoranti.
Boshqa mutaxassislarimiz
Urmanov Doniyor Batirovich – xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi
Doniyor Urmanov 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro biznes mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2007-yilda Hindistonning Dehli shahridagi International Management Institute (IMI) oliygohida xalqaro menejment sohasida oliy ta’limdan soʻnggi (post graduate) oʻquv dasturini tamomlagan. 2009-yilda Kiprning Nikosiya shahridagi Cyprus International Institute of Management (CIIM) oliygohida ijtimoiy sektorni boshqarish sohasida magistratura dasturini tamomlagan. 2013-yilda AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Brooklyn School of Real Estate ta’lim muassasasida rieltorlik kurslarinin tamomlab, 2015-yilning iyun oyidan buyon Nyu-York koʻchmas mulk kengashi (Real Estate Board of New York) a’zosidir.
Doniyor Urmanov 2007-2008 – yillarda Universal Pharmaceuticals MChJda marketing va sotuv menejeri lavozimida, 2009-yilda Kiprning Nikosiya shahrida joylashgan Merck Sharp & Dhome (Merck&Co) kompaniyasida moliyaviy tahlilchi lavozimida, 2010-2012 – yillarda BAAdagi Dubay shahrida joylashgan Destinations of the World LLC kompaniyasida hisobchi lavozimida, 2013-yilda Nyu-York shahrida joylashgan Abt SRBI kompaniyasida tadqiqotchi lavozimida, 2014-2017 – yillarda Nyu-York shahrida joylashgan Keller Williams Realty Empire kompaniyasida koʻchmas mulk agenti lavozimida ishlagan.
Batirova Dilnoza Batirovna -yurist yordamchisi, tarjimon
Dilnoza Batirova 2004-yilda Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetini roman-german filologiyasi (ingliz tili) yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2002-2023 – yillarda DXX Chegara Qoʻshinlarida harbiy xizmatni oʻtab, nafaqaga chiqqan. 2025-yilning may oyidan buyon «International Law Consultants» MChJ yuridik firmasida yurist yordamchisi va tarjimon lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Gʻofurov Husan Azamatjon O‘g‘li – PR menejeri
Husan Gʻofurov 2025-yilning may oyidan buyon «International Law Consultants» MChJ yuridik firmasida PR menejeri lavozimida ishlab kelmoqda.
Guvohnoma, sertifikat, litsenziyalar



